Amerikalik yozuvchi, notiq va sayohatchi Daniyel Noll oʻz sayohatlari davomida olgan taasurotlari asosida dunyo mamlakatlarining zamonaviy qiyofasi va erishayotgan yutuqlari haqida koʻplab maqola va asarlar yozgan.
Yaqinda “Uncornered market” saytida muallifning “Oʻzbekistonga kirish uchun vizalar va taklifnomalar” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.
Maqola avvalida yozuvchi soʻnggi ikki yil ichida Oʻzbekistonga keluvchilar uchun sayyohlik vizalarini rasmiylashtirish ancha osonlashganiga urgʻu bergan. Jumladan, shu yil iyul oyidan boshlab 51 mamlakatdan keluvchi sayyohlar uchun elektron vizalar joriy etilishi qisqa muddat ichida viza bilan bogʻliq jarayonlarni yengillashtirish imkonini berganini qayd etgan.
Shuningdek, muallif sohada tatbiq etilayotgan yangi loyiha mamlakatimizga vizasiz, taklif yuzasidan tashrif buyurgan sayyohlar uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining oʻzida vizani rasmiylashtirish imkonini yaratayotgani, bunday islohotlar yurtimizda turizmni rivojlanishiga xizmat qilishini aytib oʻtgan.
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA