Amudaryoda tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda

 
Mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida eʼtibor iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil boʻlmoqda.
 
3.jpg
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida ham tadbirkorlik jadal rivojlanishi samarasida bugun hududda kichik biznes subyektlari soni 820 dan oshdi. Sanoat va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda savdo yoʻnalishida barqaror oʻsish kuzatilmoqda.
6.jpg
Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida tumanda paypoq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi sex ish boshladi. Xitoydan keltirilgan zamonaviy tikuv uskunalari oʻrnatilgan sexda kuniga 250-300 juft paypoq ishlab chiqarilmoqda.
7.jpg
– Faoliyatimiz qurilish obyektlari uchun eshik va rom ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan edi, – deydi “TOLE” xususiy korxonasi rahbari Poʻlat Xoʻjaboyev. – “Ipoteka bank” Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining 300 million soʻmlik imtiyozli krediti yordamida paypoq ishlab chiqaruvchi sex faoliyatini yoʻlga qoʻydik. Kelgusida polietilen xalta ishlab chiqarish va zamonaviy issiqxona tarmogʻini ishga tushirishni rejalashtirganmiz.
11.jpg

 

M. Habibullayev (surat), OʻzA