FOTOREPORTAJ

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ziyo‘ar” nomli musiqali drama premerasi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida so‘zga olganlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mutafakkir tavalludining 200 yilligi YUNESKO doirasida nishonlanadigan xalqaro yubileylar qatoriga kiritilgani, Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li nomining abadiylashtirilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Musiqali drama taniqli dramaturg, yozuvchi va ssenarist, “Do‘stlik” ordeni sohibi Murodboy Nizanov qalamiga mansub. Asar rejissyor Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Marxaboy Usenov tomonidan sahnalashtirilgan.

Sahna asarida shoirning yoshlik yillari, ijod yo‘li va o‘sha davr hayoti aks ettirilgan. Unda “Ajiniyoz” obrazini aktyor Baxtiyor Jumatayev yuksak mahorat bilan ijro etgan.

Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA