Nepalning Katmandu shahrida regbi-7 bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatining erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasidagi «Trofi tur» musobaqasida hamyurtlarimiz kuchlilar qatoridan joy egalladi.
2028 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash bosqichi hisoblangan musobaqada O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari regbida qit’aning yetakchi jamoalari hisoblangan Shri-Lanka, Xitoy Taypeyi, Qozog‘iston, Hindiston, Filippin, Bahrayn, Guam vakillari bilan kuch sinashdi.
Ikki kunlik o‘yinlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 14 ta jamoa orasida 4-o‘rinni, regbichi qizlarimiz jamoasi esa 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA