FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish maqsadida sohaga xorijning ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda. Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar choraklik summativ baholash dasturining ijobiy samaralari inobatga olingan holda 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab yurtimizdagi 500 ta umumta’lim maktabida mazkur tizim tajriba-sinov tariqasida o‘tkazilayotir.
Nukus shahridagi 1-ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan sinfi mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash imtihonlari tashkil etildi.
Ushbu ta’lim maskanida jami 2200 nafar o‘quvchi saboq oladi. Choraklik summativ baholash tizimi 5-11-sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida test-sinovi shaklida o‘tkazildi.
O‘zA fotomuxbiri Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar