Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Fuqaro H.I. fuqaro M.F.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 400 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan. Tezkor tadbir davomida oldindan 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri