Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan boshlangan “Mehr harakati” xayriya tadbiri shahar va tumanlarda davom etmoqda.
Korxona va tashkilotlar, o‘quv yurtlari mas’ullari, saxovatpesha insonlar kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari homiylar bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalarda bo‘ldi. Tadbir davomida 21 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari hamda qishki kiyimlar xayriya qilindi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri