O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, V.P.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining o‘quvchilari Italiyaning Barletta shahrida o‘tkazilgan yosh musiqachilarning “Citta di Barletta” deb nomlangan yigirma sakkizinchi xalqarotanlovida muvaffaqiyatliishtirok etdi.
Ushbu litseyning 8-sinf o‘quvchisi Bahodir Rahimov skripka yo‘nalishida, 2-sinf o‘quvchisi Asilbek Mirzaahmedov skripka yo‘nalishining “Junior” kategoriyasida o‘z mahoratini namoyish etdi. Tanlovda Italiya, Rossiya, Sloveniya, Litva, Estoniya, Chexiya, Ruminiya, Polsha, Portugaliya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Xitoy va boshqa davlatlarning yosh musiqachilari qatnashdi.
Yosh musiqachimiz Asilbek Mirzaahmedov Gran-priga sazovor bo‘ldi. Bahodir Rahimov esa birinchi o‘ringa munosib topildi.