Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev boshchiligida Ellikqal’a tumani 2-sektor hududidagi “Qavat qal’a” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid 15 ta murojaati o‘rganish uchun nazoratga olindi. Ularda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ul idora rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Ayni kunlarda mahalla hududidagi qarovsiz va foydalanilmasdan turgan 1 gektar yer maydoni o‘zlashtirilib, “Prokuror bog‘i” barpo etilmoqda. Tumandagi tashkilot rahbarlari, nuroniylar bilan birgalikda yaxshi niyatlar bilan ko‘chat ekish ishlari boshlandi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri