Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, shahar, tuman, tumanlararo sudlari, Ma’muriy sudning sudyalari va xodimlaridan tashkil topgan jamoalar bahslashdi.

Musobaqa yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati jamoasi birinchi, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati jamoasi ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’muriy sudi jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi U.Sabirov “Eng yaxshi darvozabon”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi xodimi S.Bisenbayev “Eng yaxshi o‘yinchi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’muriy sudi xodimi Q.Uspanov “Eng ko‘p  to‘p urgan o‘yinchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri