FOTOREPORTAJ
Nukusda 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha faxriy polvon Abduqodir Qaypov tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlab respublika turniri o‘tkazildi.
Musobaqada 150 nafarga yaqin yosh polvon ishtirok etib, 10 ta vazn toifasida o‘zaro bellashdi.
Yakunda o‘smirlar o‘rtasida Qo‘ng‘irot tumanidan Bao‘bek Adamboyev (50kg), Aydos Azadov (55kg), Amudaryo tumanidan Karamatdin Yo‘ldoshev (65kg), Zafarbek Yo‘ldoshev (71 kg), Nukus shahridan Mahmudjon Xudoyorov (60kg), Quyosh Oskinbayev (+71kg) g‘olib bo‘ldi. Qizlar bahsida Qo‘ng‘irot tumanidan Adolat Qozoqboyeva (44 kg), Chimboy tumanidan Qunduz Bektursunova (48kg), Qorao‘zak tumanidan Nurlixon Allanazarova (52kg), Kegeyli tumanidan Shahlo Qalmuratova (57kg) birinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan I, II, III darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada faxriy polvonlarga “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA