FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 13 iyulda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda 2023 yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 452 ta mahalla fuqarolar yig‘inining har biriga 500 million so‘mdan mablag‘ yo‘naltirish belgilangan.
Mahallalarda aholi muammolarini bartaraf etishga yaqindan moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadiga yo‘naltirilgan ushbu hujjat doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani “Jayxun” mahalla fuqarolar yig‘inida qator chora-tadbirlar bajarilmoqda.
Xususan, mahalla hududidagi Suvchilar avlodi ko‘chasida 1,3 kilometr masofadagi maydonga qum va shag‘al aralashmasini yotqizish, tekislash ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi va hududdagi beshta ko‘chada quyosh panellari orqali ishlaydigan yoritish uskunalari o‘rnatilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA