Nukus shahrida an’anaga aylangan “Toza shahar” (Taza qala) aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Aksiyaga Nukus shahridagi temir yo‘l vokzali yonida start berildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A. Orinbayev ishtirok etib, atrof-muhit va hududlar tozaligi hamda osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek, obod bo‘lishi uchun har bir fuqaro munosib hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu aksiya ikki kun davom etadi va bunda Nukus shahrining 20 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlari, markaziy ko‘chalar va xiyobonlar, ijtimoiy ob’ektlar yon-atrofini tozalash, obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Aytish kerakki, bu ezgu ishlarda asosan talabalar va ko‘ngilli yoshlar, shahar aholisi faol qatnashmoqda.
O‘zA fotomuxbiri Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar.