FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan hamda o‘zini-o‘zi band qilishni, tadbirkorlik faoliyatini boshlash taklifini bildirgan 24 nafar yigit-qizga subsidiya asosida 39 turdagi zarur uskunalar, mehnat qurollari topshirildi.
Ta’kidlash kerak, joriy yil boshidan buyon tumanda “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga olingan 400 nafardan ortiq yoshga mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur yordam ko‘rsatilgan. 14 nafar yosh haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kurslarida o‘qitilgan. 194 nafar yigit-qiz tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘zini-o‘zi band qilishi uchun zarur uskunalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, 88 nafar og‘ir sharoitdagi bemor yoshning davolanishiga, 83 nafar talabaning shartnoma mablag‘i to‘loviga, 18 nafar yoshning kasb-hunar o‘rganishiga va 15 nafar yoshga fuqarolik ID kartalarini olishiga moddiy ko‘mak berilgan.
O‘zA fotomuxbiri Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar