“O‘zbekneftgaz”-“General Electric”, “Exxon Mobil”,“Honeywell UOP” va boshqalar

“O‘zbekneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati vakillariuchun AQSH safari har jihatdan samarali o‘tmoqda. Ana shu uchrashuvlar doirasida bir qator yirik kompaniyalar bilan hamkorlikka erishildi.

Xususan, “O‘zbekneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari Bahodir Sidiqov va “General Electric” kompaniyasi ijrochi direktori Bela Ferensi o‘rtasida qator kelishuvlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda yagona xizmat markazini yaratish doirasida “General Electric” ning turbo texnikasini ta’mirlash va ta’mirlash usullarini mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik bitimi ulardan biri. Shuningdek,“O‘zbekneftgazdobicha” ochiq aksiyadorlik jamiyati gaz-kompressor va gaz-turbin uskunalarini birgalikda texnik audit qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ana shu uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida gazni tashish tizmini texnik qayta jihozlash va rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirishni jalb qilish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi tuzildi.

“O‘zbekneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati vakillari“Exxon Mobil” kompaniyasi vitse-prezidenti Shuan Smitbilan uchrashuvdaFarg‘ona neftni qayta ishlash zavodida bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Honeywell UOP” Bosh ijrochi direktori Rebekka Libertbilanmetandan olefinlarni va ular asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi tuzildi.

 

O‘zA