Boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Qozog‘istonda o‘tayotganidan xabaringiz bor. Ushbu chempionatning yosh qizlar toifasida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi finalga yo‘l oldi.
Jumladan, Gulsevar G‘aniyeva, Zilolaxon Yusupova, Uzukjamol Yunusova, Mushtariybonu Ibrohimjonova, Odinaxon Ismoilova, Oysha Toirova hamda Sanobar Bozorboyeva o‘z vazn toifalarida yarim final bosqichida g‘alaba qozonib, oltin medal uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.
Yarim final bosqichida imkoniyatni boy berib qo‘ygan Robiyaxon Baxtiyorova, Sitora Bahodirova va Aysenem Saruarova kabi charm qo‘lqop ustalari mamlakatimizga bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA