Yaqinda internet saytlarida Farg‘ona viloyatida yuzlab tonna sabzavotlar sotilmay qolishi oqibatida sifati buzilib, tadbirkor, tomorqachilar zarar ko‘rayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Ma’lumki, aksariyat hollarda ba’zi saytlar muhokamaga qo‘yayotgan axborotining xolisligini tekshirmay, masalaning mazmun-mohiyatini to‘liq o‘rganmasdan bir tomonlama yondashishni odat tusiga aylantirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan mazkur muammo haqiqatga yaqinmi yoki shunchaki shov-shuv ko‘tarish, jamoatchilik fikrini chalg‘itishmidi? Agar haqiqat bo‘lsa “O‘zagroeksport” mutasaddilari nima uchun bunday muamoga panja ortidan qaradi?
Savollarga batafsil javob olish maqsadida O‘zA muxbiri “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilovga murojaat qildi.
— Xabarlarda ko‘tarilgan muammolar “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganildi. Oltiariq tumanidagi tadbirkor, tomorqa egalari, jumladan, shikoyatchi Behzod Raimov va O‘tkir Hamdamovlar bilan uchrashib qaytdi, – deydi T.Jalilov. — Bu tadbirkorlar oldin bank va soliq sohasida faoliyat yuritib, bir yarim yildan buyon biznesni boshlab, qovun va gilos eksporti bilan shug‘ullangan. Ular 2017-yilning dekabrida 50 tonna turpnidehqonlardan olib, eksport qilish uchun sovutgichda saqlagan. Qirg‘izistonga eksport qilmoqchi bo‘lgani, biroq biz belgilagan narxlar qimmat ekani yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirishdi.
E’tibor qiling, shu kungacha“O‘zagroeksport” 170 dollardan 228 dollargacha bo‘lgan narxlarda 4 ming 602 tonna turpni xorijga sotdi. Bu mahsulotning eksport hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Misol uchun, 2016-yilda tashqi bozorga 1 ming 877 tonna sotilgan bo‘lsa, buko‘rsatkich 2017-yilda 2 ming 780 tonnani tashkil etdi. Shunga yarasha mahsulotning narxi ham oshib bormoqda. 2016-yilda turpning har tonnasiga o‘rtacha 170 dollar to‘langan bo‘lsa, 2017-yilda 197 dollar, joriy yilda 185 dollarni tashkil etmoqda.
Odatda, turp mavsumi oktyabr-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, shu kunlarda Oltiariq tumanidagi bozordauning narxi 800 so‘m ekan. Endi tasavvur qiling, o‘zimizda turpning bahosi past bo‘lmagan holda, tadbirkor uni chetga yarim bahosida eksport qilmoqchi. Bunga esa mahsulotning bozorda ketmayotgani ro‘kach qilinmoqda. Aslida mahsulotning saqlanish muddatini hisobga olinmagani uchunomborda ancha turib qolgan.
Mahsulotini o‘z vaqtida sotishning uddasidanchiqmagantadbirkorlar butun alamini “O‘zagroeksport”dan olishmoqchiga o‘xshaydi. Holbuki, bir oy avval “O‘zagroeksport” xodimlari bu tadbirkorlarga turpning kilosini 800 so‘mdan sotishni taklif qilishganda, qimmatroq sotish istagida ular bunga ko‘nmagan. Dehqonlardan 350 so‘mdan olingan turp 800 so‘mdan sotilganda tadbirkorga qancha foyda keltirishini bir hisoblab ko‘ring.
Endi may oyida – “O‘zagroeksport”ni aybdor qilishayapti. “Vodiyda bodring bozorga chiqdimi, turpga hojat yo‘q”, degan naqlni bu tadbirkorlar unutganga o‘xshaydi.
Ular qirg‘izistonlik hamkorlari bilan shartnoma imzolagani haqidagi hujjatni taqdim eta olmadi. Shunday bo‘lsa-da, ikki kunda shartnoma olib kelsa, bojxonadan o‘tkazib berilishi haqida aytilganda “Yo‘q, sizlar sotib berishlaring kerak”, deb turib olishdi.
Yana bir ma’lumot. Tonnasi 50 dollardan bo‘lgan mahsulot jami ikki yarim ming dollarga tushganda, u transport harajatini oqlashga yetmagan bo‘lardi. Chunki, yuk mashinasi harajatlari uch ming dollarni tashkil etadi.
Ular bildirayotgan yana bir e’tiroz — mahsulot uchun xorijiy hamkorlardan oldindan pulning bir qismini tushirib berilishi haqidagi talabimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi “Yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida “O‘zagroeksport” yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ba’zi shartlarda eksport qilishiga ruxsat berilgan.
Unga ko‘ra, jo‘natiladigan meva-sabzavot mahsulotlari qiymatining oldindan kamida 30 foizi to‘langanda, qolgan qismi uchun esa tasdiqlangan bank akkredetivi ochiladi va birinchi toifali xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.
Agarda buning imkoni bo‘lmasa, “O‘zagroeksport”ningxorijda ochilgan savdo uylari, shuningdek, ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblangan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlarga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi toifali xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan ruxsat beriladi.
Ushbu hujjatlar taqdim etilsa, hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Bu borada ham yetarlicha imtiyoz va qulayliklar borligini sohada faoliyat yuritayotgan har bir tadbirkor bilishi kerak. Axir bunday talab bilan tadbirkorning manfaati himoya qilinmoqda-ku. Shartnomatuzilgan bo‘lsada,tegishli mablag‘nisud orqali undirayotganlarga bu holat yaxshi tanish.
Agar turp masalasiga keladigan bo‘lsak, o‘tgan yili uning kilogrammi 2-3 ming so‘mga chiqqandi. U vaqtda qimmat sotayapmiz, rahmat degan fikr aytilmadi. Bu yil arzon bo‘lgani uchun tadbirkorlar qimmat bo‘lishini kutib, vaqtni boy berdi. Endi esa kech. Bozorga rediska, bodring, turli ko‘katlar chiqqanda turp yoki tuzlangan karamni iste’mol qiluvchilar kam bo‘lishi kunday ayon-ku.