Prokuratura bayrog‘i va emblemasi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston prokuraturasi bayrog‘i va emblemasi namunalari tasdiqlandi. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
Prezidentning 7-maydagi Farmoni bilan 2017-yil 18-apreldagi “Prokuratura organlarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Farmon bilan O‘zbekiston prokuraturasi bayrog‘i va emblemasi namunalari tasdiqlandi. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston prokuraturasi bayrog‘i tavsifiga ko‘ra, u to‘g‘ri burchakli moviy rangdagi bir en mato bo‘lib, doimiylik, jasorat, sodiqlik, fidokorlik va jasurlikni bildiradi. Bayroq markazida O‘zbekiston prokuraturasi emblemasi tasvirlangan. Bu haqida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

O‘zA