O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan“Turkiston” san’at saroyida “Ustozlarga ehtirom” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy konsert-tadbirio‘tkazildi. Konsertga nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari taklif etildi.
Mamlakatimizda tabarruk yoshdagi hamyurtlarimizni ardoqlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jihatlar, ayniqsa, 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami arafasidagi savobli ishlarda, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini, mehnat faxriylarini rag‘batlantirishga oid amaliy chora-tadbirlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ijodiy va jamoat tashkilotlari, vazirlik va idoralar vakillari, faol xotin-qizlar, yoshlar nuroniylar, faxriylar xonadonlariga borib, ularni ziyorat qilmoqda. Bayram munosabati bilan keksalarga sovg‘alar topshirilmoqda.