Bundan bir necha yil avval tadqiqotchilar kelayotgan asrning boshlarida eng ko‘p tarqaladigan kasallik — allergik xastaliklar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Darhaqiqat, bu taxmin o‘z tasdig‘ini topmoqda. Negaki, allergiyaga chalinuvchi insonlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Kundalik turmushda turli kimyoviy vositalarning ko‘p qo‘llanilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, ekologiyaning buzilishi shuningdek insonlarning elektronika mahsulotlaridan doimiy foydalanishi allerigiyani kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda bu kasallik bilan og‘riganlar boshqa davlatlarga qaraganda ko‘p qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bundan 5-10 yil avval birgina Yevropa aholisining 25-30 foizi allergiyaga chalingan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etib turibdi, bir necha yildan so‘ng bu 50 foizga yetishi ham mumkin.
Shifokor allergolog Jasur Davlatovning aytishicha haddan ortiq tozalik va gigiyenaga e’tibor berish ham allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin ekan. Batafsil shifokorning o‘zidan eshitsak.
Batafsil:
“Salomatlik sirlari” ruknini kuzatib boring, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligiga e’tiborli bo‘ling.
M.Turdaliyeva, A.Sodiqov, O‘zA