Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Qatar axborot agentligi – “QNA” sahifalarida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi hamkorlikda kurashish masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Axborotda mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qatar Davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi Vasiylik kengashi raisi Ali Bin Fitays Al-Marriy o‘rtasidagi uchrashuv tafsiloti sharhlangan.

Muallif tomonidan suhbat chog‘ida ikki davlatning ayni yo‘nalish bo‘yicha hamkorligiga doir kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgani ta’kidlangan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA