Shu yilning 20-22 sentyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Ayni kunlarda mazkur “UzMedExpo-2023″ Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Ko‘rgazma tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya uskunalari, farmatsevtika, stomatologiya, tibbiy turizm, go‘zallik va sog‘liq bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.
Darvoqe, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun kirish – bepul.
O‘zA