FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi ish bilan band bo‘lmagan aholini, shuningdek, belgilangan tartibda vaqtinchalik xorijga ishga jo‘nab ketayotgan fuqarolarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka va xorijiy tillarga o‘qitish yo‘lida faoliyat yuritmoqda.
Bu yerda oshpazlik, qandolatchilik, sartarosh, yosh bolalar uchun yordamchi tarbiyachi, tikuvchilik, elektr ustasi, xo‘jalik texnika uskunalarini ta’mirlash ustasi kabi 20 ta mutaxassislik, 5 ta xorijiy til va 6 ta axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘quv kurslari tashkil etilgan. Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida ushbu o‘quv kurslariga jami 3 ming 557 nafar fuqaro qamrab olindi. Shundan 2 ming 176 nafari tanlagan mutaxassisligi va chet tillari bo‘yicha o‘quv kurslarini to‘liq tugatdi.
Markazdagi mashg‘ulot va dars o‘tish xonalari barcha zarur uskunalar va o‘quv qurollari bilan to‘liq ta’minlangan.
Nukus shahrida ikkita manzilda hamda Qo‘ng‘irot tumanida markaz filiallari faoliyat yuritmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA