Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi.
Fuqaro R.R. “Paxtachi” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi qurilishi tugallanmagan uyida yashirin sex tashkil etib, “Qaratau”, “Davidoff” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu xonadondan jami 1 ming 713 dona qalbaki aksiz marka, 602 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsuloti, 21 ming 770 dona bo‘sh shisha, 150 litr spirt va boshqa tovarlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri