FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun sharoit yaratish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Taxiatosh tumani «Keneges» ovul fuqarolar yig‘inida bugungi kunda ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj jami 189 nafar xotin-qiz «Ayollar daftari»ga kiritilgan. Ularning ish bilan bandligini ta’minlash ustuvor e’tiborda.
Xususan, ovulda tashkil etilgan «Ra’no atele» ishlab chiqarish kooperativi ham 5 nafar ishsiz xotin-qizning ish bilan bandligini ta’minladi. Subsidiya hisobidan zamonaviy tikuv uskunalariga ega bo‘lgan xotin-qizlar aholidan kelib tushayotgan buyurtmalar asosida turli xildagi kiyim-kechaklar tikish bilan shug‘ullanmoqda. Asosiysi, ular doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, o‘z oilasi farovonligiga hissa qo‘shmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA