Bugun Boku shahrida yetakchi tahliliy markazlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari davlat agentligi direktori Jovid Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Markaziy Osiyo xalqaro instituti – MOXI, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi – ITIM, Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti – MMTI, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti – SMTI, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi vakillari ishtirok etdi.

Muloqot muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha mamlakatlarda amalga oshirilayotgan strategiyalar, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik istiqboli muhokamasiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda Ozarbayjonning Muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari davlat agentligi qayta tiklanadigan energiya, “yashil” vodorod va boshqa sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani alohida ta’kidlandi.

O‘zA