Yangilangan Konstitutsiyada bugungi kunimizning eng dolzarb muammolardan biri – ekologiya masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilgan. Xususan, har kimni qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi aniq axborotga ega bo‘lish huquqi mustahkamlandi.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish majburiyatini olmoqda.
Endilikda, davlat aholiga qaysi hududda ekologik vaziyat yomonlashayotganligi, uning sabablari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borishga, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi.
Yangi Konstitutsiyada belgilangan ekologik normalar haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi.
Batafsil:
M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA