Farzand sog‘lom o‘sishi va rivojlanishida uning taomlanishi, do‘stlari, bilim olishi bilan bir qatorda qiziqishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda ko‘pchilik bolalarning qizishi bu kompyuter o‘yinlari bo‘lib, uning zarar ekanligi ko‘p takrorlanadi.

10-18 yosh oralig‘idagi bolalarda kompyuter o‘yinlariga o‘ta darajada berilib ketish holatlari kuzatiladi. Bu eng avvalo vaqtni behuda sarflashga sabab bo‘ladi. Xuddiki barchasi bir necha daqiqada yuz bergandek tuyuladi.

Tanganing ikki tarafi bo‘lgani kabi, ushbu o‘yinlarning ham zarari bilan bir qatorda foydali jihatlari ham bor. Birinchi o‘rinda u yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Xotirani yaxshilaydi – o‘yin o‘ynash jarayonida buyumlar va odamlarning holatiga diqqat qilishni o‘rganadi.

Kompyuterdagi o‘yinlarni klaviatura va sichqoncha yordamida o‘ynagani uchun qo‘lning mayda motorikalari yaxshi rivojlanadi. O‘yin orqali biror sohani o‘rganish – bu aynan shunga mo‘ljallangan o‘yinlarga nisbatan.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, har bir narsaning ijobiy va salbiy tarafi bor. Bola uchun asosiy qoida me’yor hamda vaqt chegarasini bilishdir. Aynan shu odat foyda va zararlari haqida oliy toifali terapevt shifokor Dilshod Tursunov bilan batafsil suhbatlashdik.

Batafsil:  

M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA