FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tuman «Keneges» ovul fuqarolar yig‘inida 7 ming 480 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hudud aholisi tomorqachilikda yaxshi tajriba to‘plagan.

Ushbu ovulda yashovchi Ilhom Safarov tomorqasidan har yili mo‘l hosil olib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lmoqda. U 40 sotix yerga erta bahorda poliz va sabzavot ekinlarini ekkan. Shuningdek, tomorqasida 150 tupdan ortiq olma, o‘rik, shaftoli, nok, olxo‘ri kabi mevali daraxtlar ham bor. Bundan tashqari, hovlining yoqasida qariyb 60 ta qutida asalari va 200 taga yaqin naslli va zotdor parranda parvarish qilinadi.

– Har yili tomorqada yetishtiriladigan dehqonchilik mahsulotlaridan o‘rtacha 25-30 million atrofida daromad olyapmiz, – deydi I. Safarov. – Hozirda bog‘imizdagi mevalar pishib yetilgan. Bundan tashqari erta bahorda 30 sotix yerga ekilgan tarvuz va 10 sotix maydonga ekilgan pomidor, bulg‘or qalampiri, sabzi dehqon bozoriga chiqarilib aholiga arzon narxlarda sotilyapti.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA