Fransiyaning “Suez” kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent suv ta’minoti tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha shartnoma asosida hamkorlik qilinadi.
Shu munosabat bilan, poytaxt hokimligida hokim v.b. Shavkat Umurzoqov boshchiligida “Suez” kompaniyasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh ijrochi direktori Pol Burdilyon va kompaniyaning boshqa vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sh.Umurzoqov kompaniya vakillarini poytaxt hokimligida ko‘rib turganidan mamnunligini ma’lum qilib, boshlangan hamkorlik o‘zaro ishonch va shaffoflik asosida qurilganini alohida ta’kidladi.
O‘z navbatida, Pol Burdilyon ham boshlangan hamkorlik o‘zaro foydali va samarali bo‘lishiga, avvalo, poytaxt aholisining qulayligi uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
So‘ngra, tomonlar loyihaga tegishli qator tashkiliy masalalarni muhokama qildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA