Ayni kunlarda Fransiyaning Strasburg shahrida “Markaziy Osiyoda biznes yaxlitligi va xususiy sektorning muvofiqligini oshirish” mavzuida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi sifatida Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov boshchiligida vakil devoni xodimlari ishtirok etdi.
Xalqaro darajadagi nufuzli tadbirdan ko‘zlangan maqsad biznes yaxlitligi, korporativ muvofiqlik va korrupsiyaga qarshi normalar to‘g‘risida xabardorlikni oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi” dasturi 2019 yil 27-28 noyabr kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirokida rasmiy ishga tushirilgan.
Dastur Markaziy Osiyoda xalqaro standartlarga mos inson huquqlari, qonun ustuvorligi va demokratiyani mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA