Xitoy o‘z suvereniteti hamda xavfsizligini himoya qiladi, NATOning Xitoy manfaati va qonuniy huquqiga ziyon keltiradigan har qanday harakatiga qarshi keskin javob beradi, deb bayonot berdi XXRning Yevropa Ittifoqidagi diplomatik missiyasi.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vilnyusda bo‘lib o‘tayotgan sammitning birinchi kuni yakuni bo‘yicha bergan izohida NATO mamlakatlari Xitoyning ta’sir doirasi va harbiy qudrati kuchayishiga qarshi birgalikda harakat qilishga kelishib olganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, anjuman kommyunikesida Xitoy olib borayotgan siyosat Alyans manfaati, xavfsizligi va qadriyatiga tahdid solishi, shunga qaramasdan, Alyans XXR bilan muloqot qilish uchun ochiqligi ta’kidlab o‘tilgan.