O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida kimyo sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirish maqsadida “PT Pupuk Indonesia” kompaniyasi rahbari Ahmad Bakir Pasaman, ishlab chiqarish bo‘yicha direktor Bob Indiarto, xarid bo‘yicha vitse-prezident Orif Fauzan bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muzokara chog‘ida janob Pasaman jadal sur’atda rivojlanayotgan O‘zbekistonga Indoneziya davlat idora va tashkilotlari, iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan qiziqish juda yuqori ekanini ta’kidladi. Mamlakatimiz kimyo sanoati istiqboli, xususan, kaliy xlorid mineral o‘g‘itining yuqori sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan Indoneziya qishloq xo‘jaligi extiyoji uchun O‘zbekiston xlorid kaliyi va boshqa o‘g‘itlariga talab borligi ma’lum qilindi.

Istiqbolli hamkorlik yo‘nalishiga aniqlik kiritish maqsadida Indoneziya tomoniga O‘zbekiston kimyo sanoati investitsiya loyihalari taqdim etildi.

 

O‘zA