AQSH Prezidenti Jo Bayden yaqin orada Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashmoqchi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qildi. “Keyingi bir necha oy ichida Si Szinpin bilan yana uchrashishdan umidvorman”, dedi Bayden.

Amerika yetakchisi xitoylik hamkasbi bilan mavjud kelishmovchilikni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qiladi.

4 fevral kuni Amerika havo hududida urib tushirilgan Xitoy shari bilan bog‘liq voqeani izohlar ekan, Bayden XXR rahbari vaziyatdan bexabar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi:

– Xitoy rahbariyati ayni voqea haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmagan, deb o‘ylayman. Menimcha, hammasi mo‘ljaldagidan mutlaqo teskari yo‘nalishda yuz bergan. Vashington ma’muriyati xabar qilishicha, mazkur shar yordamida Xitoy razvedka xizmati zarur ma’lumotni yig‘ayotgan edi. Xitoy Tashqi ishlari vazirligi ushbu xulosalarni rad etib chiqqan. O‘sha kunlari Davlat kotibi Entoni Blinken mazkur voqea ortidan Pekinga safarini bekor qilgan edi.

18-19 iyun kunlari Blinken Xitoyga tashrif buyurishi ma’lum qilindi.

O‘zA