AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp maxfiy hujjatlar bilan bog‘liq aybini bo‘yniga olsa, saylov kampaniyasini to‘xtatishi va davlat rahbarligiga nomzodini so‘rmasligi evaziga avf etilishi mumkin, deyishyapti amerikalik ekspertlar.
“RIA Novosti” yozishicha, o‘tgan juma kuni Trampga 37 bo‘limdan iborat ayblov e’lon qilindi. Agar jinoyati tasdiqlansa, u 400 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Gumondor, shuningdek, milliy xavfsizlikka aloqador maxfiy hujjatlarni noqonuniy ravishda saqlagani, yolg‘on guvohlik bergani bo‘yicha ham ayblangan. O‘zining aybsizligini ta’kidlab kelayotgan sobiq yetakchi bugun Mayami shahri sudiga chaqirilgan.
AQSH demokratik partiyasi shu bilan ham xotirjam bo‘la olmayapti, chunki qamoq muddati ham Trampning siyosiy harakatini to‘xtata olmaydi.
Amerikada ozodlikdan mahrum qilingan fuqaro nomzod ko‘rsatishini taqiqlaydigan qonun yo‘q. Tarixda esa shunga o‘xshash voqea kuzatilgan: 1920 yil Yujin Debs Atlanta turmasida o‘tirib, prezidentlik saylovida ishtirok etgan.