“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi davom etmoqda.

Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.

To‘rtta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘lishi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkazilishi (hozir 350 ming) qayd etildi.

Bunda yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi. Umuman, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratilishi ta’kidlandi.

O‘zA