“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi davom etmoqda.
Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev beshta strategik maqsaddan iborat saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda
Co‘nggi olti yilda ijtimoiy yordam ko‘lami 5 barobar oshirilib, 2 milliondan ortiq oila qamrab olingani ta’kidlandi.Hozirgi kunda har bir ehtiyojmand oila byudjet va “3 ta daftar” tizimi orqali moddiy yordam olmoqda. Bu maqsadlarga byudjetdan har yili ajratiladigan mablag‘ni 18 trillion so‘mga yetkazilgani qayd etildi. Ta’kidlash lozim, 2016 yilda bu raqam 2,2 trillion so‘mni tashkil etgan.
Ijtimoiy ta’minotga yo‘naltirilgan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,5 barobar ko‘paygan. (2016 yildagi 0,9 foizdan 2022 yilda 2,2 foizga).
– Lekin, ijtimoiy himoya faqat pul berish bilan cheklanib qolmoqda. Aslida, bu tizimning vazifasi aholini og‘ir ahvoldan chiqarish va jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi uchun ko‘mak berishdan iborat bo‘lishi kerak. Misol uchun, bizda og‘ir vaziyatga tushgan 30 ta toifadagi 9 million aholi bor. Bular – nogironligi bor shaxslar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, oilada zo‘ravonlikka uchragan ayollar. Shu bois, ijtimoiy xizmatlar sohasini butkul qayta ko‘rib chiqamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA