Farzand eng oliy ne’mat sanaladi. Agar egizak chaqaloq bo‘lsa bu oilaning quvonchi yanada oshadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Jo‘ldasboy Qalmuratov va Muhabbat Bekturg‘anova oilasida uch nafar farzand dunyoga keldi.
Qizlarga Zulfiya, Alfiya hamda Gүlfiya deb ism qo‘yildi. Hozirda chaqaloqlar va onasining salomatligi shifokorlar nazoratida. Shunday qilib Jo‘ldasboy Qalmuratov xonadonida kamol topayotgan uch qizning yoniga yana uch qizaloq qo‘shildi. Quvonchli voqea sabab tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Mambetniyazova xonadonga tashrif buyurdi va ularga homiylarning sovg‘alarini topshirdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri