Raqobat qo‘mitasi elektr energiya sohasida iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida hududlar kesimida tizimli ishlar olib bormoqda.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida faoliyat olib boruvchi “NEW YORK CENTER CO” MCHJ xorijiy korxonasi rahbarining elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan korxonada energoaudit tekshiruvi o‘tkazilgan. Mazkur tekshiruv xulosalariga ko‘ra elektr ta’minotidan 370 mln. so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi va natijada ortiqcha to‘lovlar olinganligi ma’lum qilinib, ushbu qarzdorlikni qonun doirasida qayta ko‘rib chiqilishida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan hududiy boshqarma olib borgan o‘rganishlari natijasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali tomonidan “NEW YORK CENTER CO” MCHJ XKga nisbatan asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi. Shuningdek, Buxoro, Jizzax, Andijon, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ko‘plab murojaatchilarning shikoyatlari o‘rganilib, hal qilishga erishildi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilish alomatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga nisbatan, qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
N.Rahmonova, O‘zA