Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yil yakunlari va eng yaxshilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, joriy yilda ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalar, Osiyo va jahon chempionatlarida yurtimiz sport sharafini munosib himoya qilgan atletlarimiz orasida Markaz sportchilari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Tadbirda aynan ushbu dargoh murabbiylari va atletlari orasidan eng munosiblari e’tirof etildi. Jumladan, milliy kurash bo‘yicha Azamat Boyqulov “Yil murabbiyi“ deya e’tirof etilgan bo‘lsa, Ulug‘bek Rashidov (erkin kurash) va Nilufar Hamdamova (boks) “Yil sportchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Islomjon To‘xtaboyev va (para dzyudo) va Ruxshona O‘ktamova (para paurlifting) “Yil para sportchisi“ deb topildi.
Shuningdek, turli yo‘nalishlarda yilning eng yaxshilari aniqlandi va ular markaz tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, Nosir Haydarov (surat), O‘zA