Ijtimoiy tarmoqlarda temir yo‘l vokzallarida tirbandliklar hosil bo‘layotgani hamda temir yo‘l kassalarida va ilovada temir yo‘l chiptalari qolmagani haqida video va fotolar tarqalmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holatni bartaraf etish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan qo‘shimcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda va yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha vagonlar ulanishi hamda yangi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni damda temir yo‘l vokzallarida tirbandliklar yo‘qligi va aholi temir yo‘l kassalariga kelib bemalol chiptalarni xarid qilish mumkin. Bundan tashqari aholi va talabalarga temir yo‘l chiptalarini chiptaxonalardan tashqari mobil ilova orqali onlayn xarid qilish imkoniyati mavjud.

Chiptalarni elektron xarid qilishda  eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA