Ikkinchi darajali o‘ta kuchli “Mavar” to‘foni Yaponiya tomon yo‘l oldi, deya xabar berdi mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi.

Ofat juma kuni eng janubiy Okinava prefekturasidagi Ishigaki oroliga, ertasi kuni asosiy orolga yetib borishi mumkin. Dastlabki tezligi pastligi sababli, to‘fon yomg‘ir, shiddatli shamol ko‘rinishida uzoq davom etishi mumkin. Mamlakat janubi-g‘arbi va sharqida quyun yo‘lidan, nisbatan, uzoq joylashgan hududlarda ham, allaqachon, ta’sir yomg‘iri kuzatildi. Yoqingarchilik qisqa tanaffus bilan bir hafta davom etadi.

Ayni dam to‘fon Yaponiya arxipelagi janubi-sharqida harakatlanyapti. Voqea markazidagi bosim 950 gektopaskal, shamol tezligi sekundiga 45-60 metr.

Meteorologlar ta’kidlashicha, to‘fon yo‘nalishini avvaliga sharqqa o‘zgartiradi, keyin arxipelagning asosiy qismiga o‘tishi mumkin.

O‘zA