Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Rally Muynak – 2023” avtoralli bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda Qozog‘iston Respublikasidan 120 nafardan ziyod avtomotosport ustasi ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri R.Zarikeyev, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori A.Qurbaniyazov so‘zga chiqib, ishgtirokchilarga omad tiladi.
Shundan so‘ng musobaqaga start berildi. Dastlab dvigatel hajmi 1600 sm3gacha “A-8” va dvigatel hajmi 2000 sm3gacha “A-9” sinflari bo‘yicha avtomobillar poygaga chiqdi. Shuningdek, dvigatel hajmi 2000 sm3gacha “Baggi” va dvigatel hajmi 125 sm3gacha va 500 sm3gacha mototsikllar bo‘yicha ham musobaqalar boshlandi.
G‘olib va sovrindorlar 28 may kuni aniqlanadi.
Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA