Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi o‘zbek belbog‘li kurashi, qirg‘iz “Alыsh”i hamda qozoq xalqining “Qazaq kuresi” bo‘yicha Jizzax shahri ilk bor mezbonlik qilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning so‘nggi kunidagi bahslarda “Qazaq kuresi” bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 8, ayollar o‘rtasida 7 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Yarim tunga qadar davom etgan “Qazaq kuresi” bo‘yicha Osiyo chempionatida jami 100 nafar sportchi kurash gilamga chiqdi. Ayollar o‘rtasidagi bahs murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Unda Ulbusin Hakimova (O‘zbekiston) 48 kilogramm vazn toifasida, Aruzxan Adazxan (Qozog‘iston) 52 kilogrammda, Rauza Nurmahmadiyeva (Qozog‘iston) 56, Ibodatxon Agazxonova (O‘zbekiston) 60, Muxlisaxon Qodirberganova (O‘zbekiston) 65, Roza Nusantakyazu (Qozog‘iston) 70, Filura Ergasheva (O‘zbekiston) 77 kilogrammda va Albina Bakiyeva (Qozog‘iston) 77 kilogrammdan ortiq vazn toifasida Osiyo chempioni bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida esa 55 kilogrammlik polvonlar bahsida Xurshidbek Choriyev (O‘zbekiston), 60 kilogrammliklar bahsida Yernur Suleyman (Qozog‘iston), 66 kilogrammgacha vazn toifasida Manusher Shirinov (O‘zbekiston), 74 kilogrammlik polvonlar o‘rtasida Zumazxan Kozambekov (Qozog‘iston), 82 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar orasida Umid Esonov (O‘zbekiston), 90 kilogrammliklar bellashuvida Surush Karimov (Tojikiston), 100 kilogrammgacha sportchilar o‘rtasida Marat Baikarimov (Qozog‘iston) va mutlaq (100 kilogrammdan ortiq) vazn toifasida Nurdaulet Zaryulgapov (Qozog‘iston)larning qo‘li baland kelib, Osiyo chempioni degan unvonga sazovor bo‘ldi.
“Qazaq kuresi” bo‘yicha Jizzaxda o‘tgan Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ayollar o‘rtasida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallari bilan O‘zbekiston terma jamoasi birinchi, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan Qozog‘iston ayollar terma jamoasi ikkinchi o‘rinni oldi.
Erkaklar o‘rtasida esa umumjamoa hisobida Qozog‘iston terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan birinchi, 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
“Qozoq kuresi” bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 25 mayidan 26 mayiga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan tantanali yopilish marosimidan so‘ng Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi o‘zbek belbog‘li kurashi, qirg‘iz “Alыsh”i hamda qozoq xalqining “Qazaq kuresi” bo‘yicha Jizzax shahri ilk bor mezbonlik qilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.
Abdujalol QAYUMOV,
Muhammad AMIN (surat), O‘zA