Mamlakatimiz sambochilari AQSH ochiq chempionatida ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Okean orti mamlakatining Nyu-Jersi shtatida o‘tkazilgan ochiq chempionatda AQSH, Rossiya, Gruziya, Belarus, Qirg‘iziston sambochilari bilan bahs yuritgan hamyurtlarimizdan terma jamoamiz a’zosi Muhammadnozim Shukurov oltin medalga musharraf bo‘lgan bo‘lsa, Elyor Serikbayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionat doirasida AQSH Sambo federatsiyasi va O‘zbekiston Sambo assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ikki davlat sportchilarining qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, istiqboldagi rejalari muhokama qilindi. AQSH va O‘zbekiston Sambo federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, har ikki mamlakatda tashkil etiladigan turnirlarda sambochilarning ishtirokini ta’minlash borasida kelishuvga erishildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA