Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kungi saralash bosqichida ayollar 49 va 67 kilo og‘irlikda, erkaklar 68 kg va +80 kilogrammdagi bahslarda ishtirok etdi.

Dastlabki kun yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimizdan Madinabonu Mannopova (49) hamda Nikita Rafalovich (+80) final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xalqaro turnir tashkiliy qo‘mitasi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Ulug‘bek Rashitov (68) va Svetlana Osipova (+73)ga ham  ertaga, 1 aprel kuni o‘tadigan musobaqaning final bahslarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashish uchun rasmiy taklifnoma taqdim etdi.

Bugun kun davomida qolgan vaznlarda final yo‘llanmalari uchun bellashuvlar o‘tkaziladi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

 

O‘zA