Mamlakatimiz taekvondochilarining jahon va qit’a chempionatlarida, ayniqsa, Tokio-2020 olimpiadasida oltin medalga sazovor bo‘lishi chet el terma jamoalari e’tiborini O‘zbekistonga qaratmoqda. Shu ma’noda, bir qator davlat terma jamoalari taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazishga, hamkorlik aloqalarini tizimli rivojlantirishga ahamiyat qaratmoqda.

Shunday mamlakatlardan biri Gruziyadir. O‘zbekiston taekvondo  WT assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, kuni kecha Yevropa o‘yinlari hamda Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Gruziya terma jamoasi a’zolari Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi bilan hamkorlikda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlarni boshlagan.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA