Nukusda umumxalq Navro‘z bayrami munosabati bilan futzal bo‘yicha 50 va o‘ndan katta yoshdagi faxriylar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada shahar va tumanlardan faxriylar jamoalari ishtirok etdi.

Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqada Nukus shahrining “Qariya” jamoasi birinchi, Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot” jamoasi ikkinchi, Xo‘jayli tumanining “Xo‘ja eli” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrinli o‘rin egalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi tomonidan kubok, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA