Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan navbatdagi holatda aksiz markalari bilan qadoqlanmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Bojxona organlari tomonidan bugungi kunda sifati kafolatlanmagan tovarlarning noqonuniy tarzda mamlakatimiz hududida aylanmada bo‘lishining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro chet davlatda ishlab chiqarilgan, sifat va miqdori garovi bo‘lgan aksiz markalari bilan qadoqlanmagan, jami 500 kutida “ESSE CHANGE” nomli tamaki mahsulotini “shartli xaridor” ga 10,5 million so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri