Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 maydagi “Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash, dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugungi kunda rejalashtirilgan 2010 gektar maydonlarning 568 gektar yer maydonida qizilmiya plantatsiyasi tashkil etish amalga oshirilib, qolgan 1442 gektari kuz oylarida ekish rejalashtirildi. Bundan tashqari, joriy yilda 20 ming tonnadan ortiq qizilmiya yetishtirish rejalashtirilib, shundan 15 ming tonnadan ortiq ya’ni 34 million dollarlik mahsulot eksportga chiqariladi.
Shuningdek, farmon ijrosini ta’minlash doirasida Beruniy tumanidagi “LICO ROOTS” mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasi tomonidan dorivor o‘simliklar klasteri tashkil etiladi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri